🇺🇿🇨🇳 XALQARO TAJRIBA — TA’LIM SIFATI UCHUN YANGI IMKONIYAT
2026-09-20 15:50:00 / Yangiliklar

So‘x tuman 1-son texnikumining «Kompyuter tarmoqlari va IT servis» kasbi o‘qituvchisi Azizbek Mexidinov ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasidagi Chongqing muhandislik kasbiy-texnika universitetida IT yo‘nalishi bo‘yicha tajriba almashish va malaka oshirish stajirovkasida ishtirok etmoqda.
Stajirovka jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari, raqamli ta’lim vositalari, shuningdek, IT sohasida mutaxassislar tayyorlashning ilg‘or xorijiy usul va yondashuvlari o‘rganilmoqda.
Bunday xalqaro tajriba almashinuvlari pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiya va innovatsion yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng muhimi, orttirilgan bilim va tajribani texnikum ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali o‘quvchilarga zamonaviy va bozor talablariga mos bilim berish, raqobatbardosh IT mutaxassislarini tayyorlash imkoniyatlari yanada kengayadi.
🎓 Xalqaro tajriba — zamonaviy bilim va malakali kadrlar sari muhim qadam.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati





