🇺🇿 ISTIQLOL BAYRAMI ARAFASIDA FIDOYI XODIMLAR E’TIROF ETILDI
2026-08-29 16:45:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan So‘x tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida markaz tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi hamda sohada erishilgan natijalar muhokama va tahlil qilindi.
Markaz rahbari Sayidali Temiraliyev so‘zga chiqib, inson manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolariga manzilli yechim topishda ijtimoiy xodimlarning mehnati alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, sohada sidqidildan mehnat qilib, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashayotgan, fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda faollik va tashabbuskorlik namunasini ko‘rsatayotgan bir guruh ijtimoiy xodimlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Tadbirda mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati alohida e’tirof etildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati









