SO‘XLIK JURNALIST MUKOFOTLANDI
2026-08-27 16:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida ommaviy axborot vositalari xodimlari ham turli mukofot va e’tiroflar bilan taqdirlanmoqda.
Bugun Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda So‘x TV muxbiri Jahongir Sobirov O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan rag‘batlantiruvchi diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mukofotni jurnalistga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Muhammadjon Obidov tantanali ravishda topshirdi.
Hamkasbimiz Jahongir Sobirovni ushbu munosib e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz. Unga kelgusi ijodiy faoliyatida yangi yutuqlar, mustahkam sog‘liq va jurnalistika sohasida yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati


