🏗 CHASHMA MAHALLASIDA 20,8 MLRD SO‘MLIK LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI
2026-08-27 15:30:00 / Yangiliklar

So‘x tumani Chashma mahalla fuqarolar yig‘inini kompleks rivojlantirish maqsadida 2026–2028-yillarda jami 12 ta yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Loyihalarning umumiy qiymati 20 mlrd 888,6 mln so‘mni tashkil etadi.
💧 Ichimlik suvi ta’minoti
Mahallada jami 24 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i barpo etiladi. Ushbu maqsadlar uchun 7 mlrd 630 mln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
🛣 Yo‘l infratuzilmasi
Jami 10,56 km ichki yo‘llarni asfaltlash va ta’mirlash ishlariga 5 mlrd 448,6 mln so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan.
⚡️ Elektr ta’minoti
Mavjud elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangi tarmoqlar barpo etish doirasida jami 11,2 km elektr tarmog‘i yangilanadi. Bu ishlar uchun 2 mlrd 160 mln so‘m mablag‘ ajratiladi.
🏫 11-sonli maktab rekonstruksiya qilinadi
Mahalladagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida eski oshxona o‘rnida 220 o‘rinli yangi o‘quv binosi, faollar zali va oshxona quriladi. Loyiha qiymati — 5 mlrd 300 mln so‘m.
🏘 Shuningdek, mahallaning tumanga kirish qismida 350 mln so‘mlik zamonaviy mahalla darvozasi barpo etiladi.
Rejalashtirilgan mazkur loyihalar Chashma mahallasi aholisining ichimlik suvi, yo‘l, elektr energiyasi va ta’lim infratuzilmasi bilan bog‘liq ehtiyojlarini yaxshilash, hududni yanada obod va zamonaviy maskanga aylantirishga xizmat qiladi.
20,8 mlrd so‘mlik investitsiya — Chashma mahallasi taraqqiyoti va aholi farovonligi yo‘lidagi muhim qadamdir.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
