🛡 JAMOAT XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBORDA
2026-08-11 14:05:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil davom etmoqda.
Tuman IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida mahallalar, savdo shoxobchalari hamda aholi gavjum hududlarda fuqarolar bilan ochiq muloqot va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Muloqotlar davomida fuqarolarga shaxsiy va mol-mulk xavfsizligini ta’minlash, xonadon va tadbirkorlik obyektlarini texnik qo‘riqqa topshirish, signalizatsiya hamda videokuzatuv tizimlaridan samarali foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, aholining xavfsizlik masalalariga oid murojaat, taklif va mulohazalari o‘rganilmoqda.
Bunday profilaktik tadbirlar tumanda osoyishtalikni saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va aholi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati


