RASMIY MUNOSABAT
2026-09-05 14:25:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tanqidiy videolavha So‘x tumani hokimligi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.
Ma’lum qilamizki, mazkur mahallada «Og‘ir hudud» dasturi doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Videolavhada ko‘rsatilgan obyektda ishlar hali to‘liq yakunlanmagan.
Tanqidda qayd etilgan holatlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, obyektdagi ishlarni belgilangan me’yor va talablar asosida sifatli yakunlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ayni paytda holat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, aniqlangan kamchiliklar qurilish ishlari davomida bartaraf etiladi.
Jamoatchilik nazorati va bildirilgan munosabat uchun fuqarolarimizga minnatdorlik bildiramiz.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
