📢 E’LON! SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI
2026-09-09 08:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning murojaatlarini bevosita joylarda o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida So‘x tumani hokimi boshchiligida sayyor qabul o‘tkaziladi.
📅 Sana: 2026-yil 9-sentabr
⏰ Vaqti: soat 15:00 da
📍 Manzil: So‘x tumani, Qal’a mahalla fuqarolar yig‘ini, 3-sonli maktab binosi
Sayyor qabulda tumandagi davlat idoralari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.
Qabulda ishtirok etadigan rahbarlar:
- tuman prokurori;
- tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
- tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i;
- tuman adliya bo‘limi boshlig‘i;
- O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman bo‘limi boshlig‘i;
- «Farg‘ona suvta’minot» AJ tuman bo‘limi boshlig‘i;
- «So‘xtumangaz» bo‘limi boshlig‘i;
- tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari;
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i;
- tuman tibbiyot birlashmasi rahbari;
- «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari;
- tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri.
Fuqarolar sayyor qabulda o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar, taklif va murojaatlari bilan bevosita mutasaddi rahbarlarga murojaat qilishlari mumkin.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (73) 462-10-00
📲 Telegram: t.me/murojaat_sox
Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
