📌 FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBORDA
2026-09-02 09:45:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi o‘rinbosari Sodiqjon Murzoyevning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli ijtimoiy-maishiy, qurilish, obodonlashtirish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni qonuniy va amaliy jihatdan hal etish choralari muhokama qilindi. Ayrim murojaatlarga joyida tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi.
Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish va murojaatlarni manzilli hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati




