RASMIY MUNOSABAT
2026-08-11 13:30:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatda ko‘tarilgan masalalar So‘x tumani hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Videoda bildirilgan tanqidiy fikrlar, qayd etilgan muammo va kamchiliklar tegishli soha mutaxassislari hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganiladi.
O‘rganish jarayonida murojaatda keltirilgan har bir holatga alohida e’tibor qaratilib, mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinadi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanadi hamda mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatiladi.
Murojaatda ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar tuman hokimligi tomonidan nazorat qilib boriladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
