SO‘X TUMANI JINOYAT ISHLARI SUDIDA «OCHIQ ESHIKLAR KUNI» TADBIRI O‘TKAZILDI
2026-08-06 19:45:00 / Yangiliklar

Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan So‘x tumani jinoyat ishlari sudida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi 52 nafar yoshlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida So‘x tumani jinoyat ishlari sudi hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud vakillari tomonidan mamlakatimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sudlar faoliyatini takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash, sud muhokamalarining ochiqligi va shaffofligini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilib, ularga amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tushuntirishlar berildi.
Tadbirda So‘x tumani jinoyat ishlari sudi va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud rahbariyati, tuman prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi vakillari va mas’ullari hamda ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda sud-huquq tizimi faoliyatining ochiqligi va shaffofligi yuzasidan keng tushunchalar berishga qaratildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati





