📣 So‘x tumanida yoshlar uchun bepul «IT Club» o‘z faoliyatini boshlaydi
2026-08-06 18:45:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun yana bir muhim imkoniyat yaratilmoqda. Zamonaviy kasblarni egallash, dasturlash va sun’iy intellekt yo‘nalishida bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni oshirish maqsadida tumanda bepul «IT Club» o‘z faoliyatini boshlaydi.
Mazkur klub doirasida ishtirokchilar dasturlash asoslari, sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamli ko‘nikmalar hamda IT sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Mazkur loyiha So‘x tumani hokimi maslahatchisi Buzurgmehr Sultonaliyev hamda Malayziyadagi nufuzli Xiamen University Malaysia dasturlash yo‘nalishining 3-bosqich talabasi, vatandoshimiz, sarikandalik Samandar Erkinjonov tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.
Tashabbuskorlarning ta’kidlashicha, klubning asosiy maqsadi yoshlarga IT sohasida mustahkam bilim berish, ularni innovatsion fikrlashga yo‘naltirish, o‘z dasturiy loyihalarini ishlab chiqishga tayyorlash hamda raqamli iqtisodiyotda munosib o‘rin egallashi uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
«IT Club» mashg‘ulotlarida ishtirok etish mutlaqo bepul bo‘lib, IT sohasida o‘z kelajagini qurishni istagan barcha yoshlar taklif etiladi.
📍 Qabul va mashg‘ulotlar boshlanish sanasi hamda ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
