📊 DAVLAT DASTURLARI ASOSIDA YANGIARIQ MAHALLASIDA 25 MLRD SO‘MDAN ORTIQ LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI
2026-08-05 08:45:00 / Yangiliklar

Davlat dasturlari doirasida Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududini kompleks rivojlantirishga qaratilgan yirik infratuzilma va ijtimoiy soha loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada umumiy qiymati 25 mlrd 71 mln so‘mlik loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Shundan 2026-yilda 21 mlrd 471 mln so‘m, 2028-yilda esa 3 mlrd 600 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.
🔹 110/35/10 kV “Devayron” nimstansiyasidan suv omborini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmog‘i rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan.
🔹 Mahalladagi eng muhim loyihalardan biri sifatida 4 km ichimlik suvi tarmog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilib, aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi yanada yaxshilanadi.
🔹 Ta’lim sohasida ham keng ko‘lamli ishlar rejalashtirilgan.
Jumladan:
· 30 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etiladi;
· 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha 320 o‘quv o‘rni yaratiladi;
· 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham rekonstruksiya qilinadi.
🔹 Infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida 1,5 km ichki yo‘llarni asfaltlash, shuningdek, mahalladagi bir nechta 0,4 kV elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hamda 12,8 km ichimlik suvi tarmog‘ini qurish ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur loyihalar mahallaning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, ta’lim sifati va kommunal xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
