SO‘XDA BARPO ETILAYOTGAN TURIZM MAJMUASI LOYIHALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-07-29 20:00:00 / Yangiliklar

Bugun Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov boshchiligida So‘x tumanida barpo etilayotgan turizm majmuasi bo‘yicha tashkil etilgan shtab a’zolari va mas’ullar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda majmuaning tasdiqlangan master-rejasi asosida amalga oshirilishi belgilangan loyihalar, ayni paytda olib borilayotgan ishlar hamda navbatdagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, majmuani barpo etish uchun zarur tashkiliy va amaliy choralarni ko‘rish, istiqbolli tadbirkor va investorlarni jalb etish, ajratiladigan yer maydonlarini lotlarga bo‘lish, loyiha uchun zarur hujjat va ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan belgilab berilgan vazifalarning ijro holati har bir yo‘nalish va mas’ul rahbar kesimida ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish davomida mas’ul rahbarlar o‘zlariga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari haqida axborot berdilar.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov ishlar sur’atini yanada jadallashtirish, loyihalarni master-reja talablariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirish, tadbirkorlar bilan manzilli ishlash va mavjud masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor hal etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, har bir vazifaning belgilangan muddatda va sifatli bajarilishi, shtab faoliyatini tizimli tashkil etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy monitoring qilib borish mas’ul rahbarlarning shaxsiy javobgarligi ekani alohida ta’kidlandi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati




