NAVBATDAGI SAYYOR QABUL QAYSI MAHALLADA O‘TKAZILADI?
2026-08-25 08:00:00 / Yangiliklar

Hurmatli tuman aholisi!
Joriy yilning 26-avgust kuni soat 15:00 da Demursad mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida davlat idoralari, korxona va tashkilotlar rahbarlarining sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Sayyor qabulda prokuratura, ichki ishlar, soliq, adliya, mahalla, suv, gaz va elektr ta’minoti, bandlik, tibbiyot, ijtimoiy himoya hamda maktabgacha va maktab ta’limi sohalari rahbarlari ishtirok etadi.
Qabul davomida fuqarolarning muammolari, taklif va murojaatlari mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish choralari belgilanadi.
Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (73) 462-10-00
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
