📢 FUQAROLAR QABULI JADVALI E’LON QILINADI
2026-08-24 08:05:00 / Yangiliklar

Hurmatli fuqarolar!
Sizlarning murojaatlaringizni tinglash, qonuniy manfaatlaringizni ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida So‘x tumani hokimi va hokim o‘rinbosarlari tomonidan So‘x tumani Xalq qabulxonasi binosida jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabuli tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazib kelinmoqda.
Qabullar quyidagi kun va vaqtlarda amalga oshiriladi:
🔹 Dushanba – Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari
🕘 09:00–11:00
🔹 Seshanba – Tuman hokimi
🕘 09:00–11:00
🔹 Seshanba – Tuman hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
🕑 14:00–16:00
🔹 Chorshanba – Tuman hokimining obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
🕘 09:00–11:00
🔹 Payshanba – Tuman hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
🕘 09:00–11:00
🔹 Juma – Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
🕘 09:00–11:00
🔹 Juma – Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
🕑 14:00–16:00
📍 Qabul manzili: So‘x tumani Xalq qabulxonasi binosi.
☎️ Murojaat uchun telefon: 73 462-10-00
Fuqarolardan qabulga belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
