🇺🇿 HAR BIR MUROJAAT ORTIDA — INSON TAQDIRI
2026-08-19 11:20:00 / Yangiliklar

Fuqaroni tinglash — uning muammosiga yechim izlashdan boshlanadi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi o‘rinbosari Sodiqjon Murzoyevning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabulga kelgan har bir fuqaroning o‘z savoli, o‘z tashvishi va yechim kutayotgan masalasi bor. Shu bois murojaatlar tegishli tashkilot va korxonalar mas’ullari ishtirokida birma-bir tinglanib, har bir holat yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Ayrim masalalar bo‘yicha shu joyning o‘zida huquqiy tushuntirish va amaliy yo‘l-yo‘riqlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirilib, nazoratga olindi.
Bunday qabullar fuqaro bilan davlat idoralari o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarga manzilli yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati




