🇺🇿 FUQAROLAR MUROJAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
2026-08-17 21:05:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Tojiboyevning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabulda tumandagi tegishli korxona, tashkilot va muassasalarning mas’ul rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, yechimi yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni o‘ylantirayotgan masalalarga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati




