Qo‘riqlash xizmati tomonidan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
2026-07-29 15:20:00 / Yangiliklar

So‘x tumani IIB huzuridagi qo‘riqlash xizmati tomonidan Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida tuman hududidagi korxona va tashkilotlar, savdo obyektlari hamda fuqarolar xonadonlarini qo‘riqlovga olish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida aholi va tadbirkorlik subyektlariga qo‘riqlash xizmati tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, texnik qo‘riqlov vositalarining afzalliklari, xizmatdan foydalanish tartibi hamda uning xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, xavfsiz muhitni shakllantirish hamda fuqarolar xonadonlari va savdo obyektlarini markazlashgan qo‘riqlovga jalb etish yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati






