📺 BUGUN SOAT 21:00 DA — SO‘X HAQIDA YANGI KO‘RSATUV!
2026-08-18 18:50:00 / Yangiliklar

Hurmatli So‘x tumani aholisi va aziz yurtdoshlar!
Bugun, 18-avgust kuni soat 21:00 da «O‘zbekiston tarixi» telekanali orqali So‘x tumaniga bag‘ishlangan yangi «Ekspeditsiya» ko‘rsatuvining birinchi qismi efirga uzatiladi.
🎥 Ko‘rsatuvda So‘xning betakror tabiati, boy tarixi, qadimiy maskanlari, urf-odat va an’analari, shuningdek, tumanning o‘ziga xos jihatlari haqida qiziqarli lavhalar taqdim etiladi.
📌 Bugun soat 21:00 da «O‘zbekiston tarixi» telekanalini kuzating!
So‘x haqidagi yangi va qiziqarli sayohatni o‘tkazib yubormang!
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
