#Infografika
2026-07-21 17:50:00 / Yangiliklar

📌 Mulgon mahallasida 28 milliard so‘mlik 7 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–258 hamda PQ–49-son qarorlari doirasida Mulgon mahallasida umumiy qiymati 28 milliard 25 million so‘mlik 7 ta muhim loyiha amalga oshiriladi.
Ushbu loyihalar doirasida ta’lim va sport muassasalari yangilanadi, ichimlik suvi tarmog‘i quriladi, muhandislik infratuzilmasi rivojlantiriladi hamda ariqlarni betonlash ishlari bajariladi.
Mazkur ishlar mahalla aholisi uchun yanada qulay, zamonaviy va obod hayot muhitini yaratishga xizmat qiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
