📌 Davlat tili me’yorlariga rioya etish va davlat ramzlari holati o‘rganildi
2026-07-21 17:45:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda davlat ramzlaridan foydalanish tartibiga rioya etilishini o‘rganish maqsadida 2-sonli sport maktabi hamda Axborot-kutubxona markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida muassasalarning tashqi va ichki yozuvlari, peshlavhalari, mustaqillik shiorlari, yilnomalari, kitob burchaklari hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining joylashtirilishi va rasmiylashtirilishi amaldagi talablar asosida tahlil qilindi.
Xususan, tashqi va ichki yozuvlarning davlat tili me’yorlariga muvofiqligi, peshlavhalarning rasmiylashtirilishi, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot vositalarining holati, kitob burchaklarining tashkil etilishi hamda davlat ramzlarining belgilangan talablar asosida joylashtirilganligiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, davlat tili me’yorlariga qat’iy rioya qilish hamda davlat ramzlaridan foydalanish madaniyatini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati




