💻 SO‘XDA IT SOHASINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA YANGI BOSQICH BOSHLANMOQDA
2026-07-20 09:50:00 / Yangiliklar

So‘x tumani hokimi maslahatchisi Buzurgmehr Sultonaliyev, “Camelot” o‘quv markazi rahbari Zafarjon Djalalov hamda IT-mentor Hokimjon Nimatjonov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida tumanda zamonaviy kasblarni ommalashtirish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga keng jalb etish, shuningdek, dasturlash, grafik dizayn va internet-marketing yo‘nalishlarida sifatli o‘quv kurslarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida “Camelot” o‘quv markazi bazasida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy IT-kurslarini yo‘lga qo‘yish, malakali mutaxassislarni jalb etish hamda yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ushbu tashabbus tumanda yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash va raqamli iqtisodiyot uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
