🏓 “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida stol tennisi bo‘yicha tuman bosqichi o‘tkazildi
2026-07-15 16:45:00 / Yangiliklar

Bugun Farg‘ona viloyati So‘x tumanida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida stol tennisi sport turi bo‘yicha tuman bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 16–21 yosh, 22–26 yosh hamda 27–30 yosh toifalaridagi yigit-qizlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun qizg‘in va murosasiz bahs olib bordilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar yuqori sport mahorati, chaqqonlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
G‘oliblar musobaqaning viloyat bosqichida So‘x tumani sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdilar.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati









