📢 DIQQAT, E’LON!
2026-07-15 16:40:00 / Yangiliklar

🏫 So‘x tuman 1-son texnikumiga 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul yakunlanishiga 5 kun qoldi!
📅 Joriy yilning 1-iyulidan boshlab 2026-yilgi 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar qabul qilinib kelinmoqda.
💻 Hujjatlar 2026-yil 1–20-iyul kunlari my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.
📝 Platformaga quyidagi hujjatlar yuklanadi:
🔹 Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (3×4 hajmdagi fotosurat bilan) yoki ID-karta ma’lumotlari;
🔹 9-sinfni tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron shahodatnoma ma’lumotlari.
🌟 Kelajagingiz uchun to‘g‘ri tanlov qiling!
📍 So‘x tuman 1-son texnikumi — zamonaviy kasb va mustahkam kelajak sari ishonchli qadam!
