📍 Yangiariq mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-07-15 11:00:00 / Yangiliklar

So‘x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev Yangiariq mahallasi mas’ullari bilan ishchi tartibda uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining ishbilarmonlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud iqtisodiy imkoniyat va drayverlarni to‘liq ishga solish masalalari muhokama qilindi.
Tegishli tashkilot va idoralar mas’ullariga tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish, ularning muammolarini tezkor hal etish hamda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati



