📍 Tuman hokimi o‘rinbosarining shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-07-15 10:30:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining o‘rinbosari Sodiqjon Murzoevning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Shaxsiy qabul davomida fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘llangan murojaatlar eshitilib, ularda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishli tashkilot va idoralar mas’ullariga biriktirilib, ularning ijobiy hal etilishini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni qiynab kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati



