


Majburiy ijro byurosi Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan kredit qarzdorligini undirish maqsadida qarzdorga tegishli boʻlgan «LACETTI-2» rusumli avtotransport vositasi xatlandi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Margʻilon tumanlararo sudining 2025-yil 17-sentabrdagi 2-1504-2503/1162-sonli ijro hujjatiga asosan, qarzdor **Sh.E.**dan undiruvchi «KAPITALBANK» foydasiga 105 million 414 ming soʻm kredit qarzdorligini undirish belgilangan.
Oʻrganishlar davomida qarzdor kredit toʻlovlarini ikki oydan ortiq muddat davomida amalga oshirmagani aniqlandi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida unga tegishli «LACETTI-2» rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlanib, xolislar ishtirokida belgilangan tartibda xatlandi.
Hozirda avtotransport vositasini auksion savdolari orqali sotish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sotuvga chiqarilgan. Savdodan tushgan mablagʻlar belgilangan tartibda undiruvchiga oʻtkazib berilishi taʼminlanadi.
J.G. Mirxisenov – Majburiy ijro byurosi Fargʻona viloyati boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shoʻbasi inspektori