So‘xda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlariga kirishildi
2026-07-12 07:15:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida aholi farovonligini ta’minlash va hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator yirik qurilish loyihalariga start berildi.
So‘x daryosi hamda Soybozor hududidan oqib o‘tuvchi Obshirsoy daryosining har ikki sohil qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari boshlandi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur loyihalarga start berib, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.









