📍 Jamoat tartibi va xavfsizlik — ustuvor vazifa
2026-07-03 15:00:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida aholi osoyishtaligi, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Tadbirlar doirasida qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan mahallalar, savdo obyektlari hamda aholi gavjum hududlarda keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Fuqarolar bilan o‘tkazilayotgan muloqotlar davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, mol-mulkni ishonchli muhofaza qilish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish yuzasidan amaliy tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlar va xonadon egalariga texnik qo‘riqlash vositalaridan samarali foydalanish, obyektlarni qo‘riqlash xizmatiga ulash orqali xavfsizlik darajasini yanada oshirish imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Bu kabi profilaktik tadbirlar aholining huquqiy ongi va hushyorligini yuksaltirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda tumanda xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati






