Mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati muhokama qilindi
2026-07-02 08:50:00 / Yangiliklar

Bugun So‘x tumani hokimligida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev boshchiligida mahallalardagi hokim yordamchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida hokim yordamchilarining mahallalarda olib borayotgan faoliyati, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar murojaatlari bilan ishlash hamda mahalla drayverlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Tuman hokimi o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashayotgan, aholi bilan yaqindan ishlab, ijobiy natijalarga erishayotgan hokim yordamchilari faoliyatini e’tirof etdi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda ish samaradorligini yanada oshirish, tashabbuskorlikni kuchaytirish va har bir murojaatga individual yondashish zarurligi ta’kidlandi.
Ochiq muloqotda hokim yordamchilari oldida turgan dolzarb vazifalar, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahallalarda aholi daromadini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida mas’ullarga mahallalarda ishlarni yanada jonlantirish, aholi va tadbirkorlar bilan doimiy muloqotni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati









