🎼 So‘x tuman 1-son texnikumida yillik hisobot konserti bo‘lib o‘tdi
2026-06-26 14:30:00 / Yangiliklar

So‘x tuman 1-son texnikumi musiqa yo‘nalishi 251-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan yillik hisobot konserti yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Gulchehra Jo‘rayeva, tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Madinaxon Safarova, xotin-qizlar faollari, texnikum pedagoglari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh faol o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda dual ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarning kasbiy mahoratini oshirish hamda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor xususida fikr bildirdilar.
Tadbir davomida ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Erkayev Erkaboyga nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
Konsert dasturi davomida bitiruvchi talabalar musiqiy chiqishlari orqali o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etdilar. Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi ham o‘tkazilib, g‘oliblar munosib taqdirlandilar.
Mazkur tadbir yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati









