📍 Zangat mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi
2026-06-03 18:45:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida aholini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Zangat mahallasi hududidagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan qabulda tuman hokimligi mas’ullari, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tuman prokurori, tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabul davomida mahalla fuqarolari kommunal xizmatlar, ijtimoiy soha, infratuzilma va boshqa masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdilar. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirish va tegishli javoblar berildi.
Ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul korxona va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar hamda amaliy ko‘rsatmalar berildi. Murojaatlarning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati






