📍 “Kumush tola” xirmoni yuksalmoqda
2026-06-03 10:30:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida pilla yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda. Tumanning o‘ziga xos iqlim sharoiti sabab bahor kechroq kelishi bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan pilla hosili ham boshqa hududlarga nisbatan kechroq yetiladi.
Oftobru mahallasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faoli Gulnora Kurganovaning ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mahallada yashovchi, ko‘p yillik tajribali pillakor Saodatxon Egamberdiyeva ham bugungi kunda pilla terimi bilan band. Ikki quti ipak qurti parvarishlagan pillakorning hosilni rejadan ortiq topshirish niyati bor.
Pilla yig‘imida qo‘ni-qo‘shnilar ham hashar yo‘li bilan faol ishtirok etmoqda. Jarayon bilan tanishish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari Madinaxon Safarova pillakor xonadoniga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🌿 Pillachilik — mehnat, sabr va barakaning timsoli.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati





