Raqamlar gapirganda
2026-06-03 10:05:00 / Yangiliklar

📊 So‘x tumanida xizmatlar sohasi barqaror o‘smoqda
2026 yil yanvar–mart oylarida So‘x tumanida jami 169,8 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,5 foiz o‘sish ta’minlandi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining xizmatlar sohasidagi ulushi 63,1 foizni tashkil etdi.
1 aprel holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 554 taga yetdi. Yilning dastlabki uch oyida 25 ta yangi korxona tashkil etildi.
Xizmatlar tarkibida eng katta ulush transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelib, 97,5 mlrd so‘m yoki jami xizmatlarning 57,4 foizini tashkil qildi. Shuningdek, moliyaviy xizmatlar ulushi 15,8 foiz, savdo xizmatlari esa 15,2 foiz bo‘ldi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari transport xizmatlarida (114,8%), moliyaviy xizmatlarda (112,6%), ta’lim sohasidagi xizmatlarda (112,5%) va ijara xizmatlarida (111,4%) qayd etildi.
Hisobot davrida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1 mln 908 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 110 foizga o‘sdi.
Mazkur ko‘rsatkichlar So‘x tumanida xizmatlar sohasi iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri sifatida rivojlanib borayotganini ko‘rsatmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
