Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-06-03 09:50:00 / Yangiliklar

Bugun So‘x tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida tuman hokimi o‘rinbosari Sodiqjon Murzoyev hamda tuman idora va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida turli masalalar bilan murojaat etgan fuqarolar yuzma-yuz muloqotda o‘z taklif va muammolarini bayon etdilar. Barcha murojaatlar diqqat bilan tinglanib, har bir masala bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Murojaatlarni tizimli va manzilli tarzda hal etish maqsadida mas’ul rahbarlarga tegishli vazifalar yuklatildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati



