🥔 Kartoshkachilikda yangi bosqich: Yangiqo‘rg‘onda amaliy seminar
2026-06-03 08:40:00 / Yangiliklar

Kartoshka yetishtirish va urug‘chiligini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi amaliy seminar Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Iskovot Rizq ro‘z” agrofirmasiga qarashli “Anvarov Elyor” fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tdi.
Unda qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, soha ilmiy muassasalari vakillari, mutaxassislar, fermerlar hamda kartoshkachilikka ixtisoslashtirilgan So‘x va Bulung‘ur tumanlari vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida kartoshka yetishtirishda ilg‘or agrotexnologiyalar, yuqori hosilli navlar, urug‘chilik tizimini takomillashtirish va suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar tajriba maydonlarini ko‘zdan kechirib, mutaxassislar tavsiyalari bilan tanishdilar.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati









