Bilasizmi?
2026-06-03 08:35:00 / Yangiliklar

Soatbay asosda dars berganlar uchun ta’til puli to‘lanmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 10 apreldagi 3-2019, 19-qq va 15-2019-qq-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq umumta’lim maktablarining boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari, o‘qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri mehnatiga soatbay haq to‘lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1,20 foizda haq to‘lanadi.
Yuqoridagi qarorga muvofiq soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi kiritilgan. Ya’ni xodim soatbay haq olayotganda, ushbu haq tarkibida ta’til puli ham mavjud bo‘ladi.
O‘ktamjon Ergashev — So‘x tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
