🟢 Tumanda pilla parvarishi ishlari qizg‘in davom etmoqda
2026-05-13 09:20:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda tumanimizda pilla parvarishi ishlari qizg‘in pallaga kirdi. Shu munosabat bilan “Hushyor” shirkat xo‘jaligining Sharqobod uchastkasida pillakorlar tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, soha mutaxassislari tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.
Ta’kidlash joizki, So‘x tumani hududlarining iqlim sharoiti bir-biridan farq qiladi. Ayni vaqtda “So‘x” va “Hushyor” shirkat xo‘jaliklarida pillakorlar ipak qurti parvarishi bilan band bo‘lsa, “Ozod” shirkat xo‘jaligida yetishtirilgan pillani yig‘ib olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2026-yilda tumanda tut ipak qurti parvarishlash va pilla xomashyosi yetishtirish bo‘yicha jami 681 quti tut ipak qurtidan 41 tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan.
Shundan:
🔹 shirkat va fermer xo‘jaliklarida — 564 quti tut ipak qurtidan 34 tonna;
🔹 kasanachilar tomonidan — 117 quti tut ipak qurtidan 7 tonna pilla xomashyosi yetishtirish belgilangan.
Bugungi kunda pillachilik sohasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati






