So‘x tumanida iqtisodiy o‘sish sur’atlari saqlanmoqda
2026-05-13 08:05:00 / Yangiliklar

2026-yilning yanvar–mart oylari yakunlariga ko‘ra, So‘x tumanida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda barqaror o‘sish qayd etildi.



Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 34,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 112,3 foizni tashkil qildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 40,9 mlrd so‘mga yetdi.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 100,7 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Qurilish ishlari hajmi 34,5 mlrd so‘mni, chakana tovar aylanmasi esa 295,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bozor xizmatlari hajmi 169,8 mlrd so‘mga yetgan bo‘lsa, tashqi savdo aylanmasi 3,7 mln AQSH dollarini tashkil qildi. Eksport hajmi 1,9 mln dollarga yetdi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur ko‘rsatkichlar hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi ishlar samarasi hisoblanadi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati