📢 E’LON!
2026-05-12 19:00:00 / Yangiliklar

Hurmatli fuqarolar!
2026-yil 13-may, chorshanba kuni soat 14:00 da So‘x tumani Devayron mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida So‘x tumani hokimi boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, tumandagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, kommunal va boshqa muammoli masalalar yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.
📍 Manzil: So‘x tumani, Devayron mahalla fuqarolar yig‘ini, 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
