Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla: So‘x tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlanadi
2026-05-12 15:25:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla" dasturi doirasida Farg‘ona viloyatining So‘x tumani, "Sebzor" mahalla fuqarolar yig‘inida 2026-yil davomida amalga oshiriladigan manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan jami 5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Asosiy yo‘nalishlar va infratuzilma:
- Mahalla markazi va yo‘l infratuzilmasi (4,3 mlrd so‘m):
• Elektr tarmoqlarini yangilash (0,4–10 kVt kuchlanishli);
• 2 ta yangi transformator o‘rnatish;
• Piyodalar yo‘laklarini qurish va markaziy ko‘chalarni asfaltlashtirish;
• Zamonaviy tungi yoritish tizimlarini joriy etish.
- Tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish (255 mln so‘m):
• Hunarmandchilik va kichik ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish orqali aholi bandligini ta’minlash;
• Servis va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish.
- Qishloq xo‘jaligi va suv ta’minoti (425 mln so‘m):
• Sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida yangi nasos stansiyasi agregatini o‘rnatish. Buning natijasida 40 gektardan ortiq yer maydonini suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
Kutilayotgan natijalar:
Dastur ijrosi natijasida mahallada 31 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, 15 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ko‘maklashish va budjetga 330 million so‘m tushum tushirilishi rejalashtirilgan.
Eng muhimi, mahalla ahli uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz yashash sharoiti yaratiladi. "Sebzor" mahallasi nafaqat tashqi qiyofasi, balki ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati bilan ham namunali hududga aylanadi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
