📍 So‘x tumani hokimi fuqarolarni qabul qildi
2026-05-12 14:45:00 / Yangiliklar

Bugun So‘x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.























Qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammo va takliflari yuzma-yuz tinglandi.
Murojaatlar asosan davolanish uchun moddiy yordam ajratish, uy-joy bilan ta’minlash, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, yer va kadastr masalalari hamda boshqa ijtimoiy yo‘nalishlarga oid bo‘ldi.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini ta’kidlab, mas’ullarga masalalarni qonun doirasida, adolatli va tezkor hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Qabul jarayonida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, ayrimlari bo‘yicha mas’ullarga muddatli vazifalar yuklatildi hamda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati