⚠️ DIQQAT! KIBER JINOYATLARDAN OGOH BO‘LING!
2026-05-12 10:40:00 / Yangiliklar

So‘x tumani Sarikanda MFY hurmatli aholisi!
Hozirgi kunda telefon orqali firibgarlik, bank karta ma’lumotlarini o‘g‘irlash, Telegram va ijtimoiy tarmoqlardagi aldovlar ko‘paymoqda. Kiberjinoyatchilar turli yo‘llar bilan fuqarolarning pul mablag‘larini talon-toroj qilmoqda.
❗️ QUYIDAGILARGA ALOHIDA E’TIBOR BERING:
🔹 Bank karta raqami, SMS kod va parollarni hech kimga aytmang.
🔹 “Siz yutuq yutdingiz”, “kredit chiqarib beramiz”, “oson pul topish” kabi xabarlarga ishonmang.
🔹 Noma’lum havolalar (link)ni bosmang.
🔹 Telegram, Instagram va boshqa tarmoqlarda soxta akkauntlardan ehtiyot bo‘ling.
🔹 Telefon orqali o‘zini bank yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi deb tanishtirgan shaxslarga ishonmang.
🔹 Kartangizdan pul yechilsa, zudlik bilan bank va ichki ishlar organlariga murojaat qiling.
🛡 O‘ZINGIZ VA YAQINLARINGIZNI KIBER JINOYATLARDAN ASRANG!
Ogohlik — xavfsizlik garovi!
Sarikanda MFY profilaktika inspektori, katta leytenant Hakimov Doston O‘ktamjonovich
📞 +998 99 775 05 67
