🏆 G‘ALABA MUBORAK! 🏐🌟
2026-05-08 10:20:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari xotin-qizlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim” shiori ostida o‘tkazilgan viloyat bosqichidagi “Kasaba uyushmasi kubogi” ayollar voleybol musobaqasida So‘x tumani 21-sonli umumta’lim maktabi jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 🥇🏐
Mazkur yutuq — jamoa a’zolarining sportga bo‘lgan yuksak qiziqishi, mustahkam irodasi, ahilligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishining yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Ayniqsa, ta’lim sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan ayollarimizning sport maydonlarida ham yuqori natijalarni qayd etayotgani barchamiz uchun g‘urur va iftixor manbaidir.
G‘oliba jamoamizni ushbu qutlug‘ zafar bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusida ham yangi-yangi yutuqlar, ulkan g‘alabalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
So‘x ayollari — yurtimiz iftixori, jamiyatimiz tayanchi va g‘ururimizdir!
🏅 G‘alaba muborak bo‘lsin!
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati


