📍 SO‘X TUMANIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
2026-05-07 17:30:00 / Yangiliklar

Bugun So‘x tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Madinaxon Safarova tomonidan Lenbur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi qurt boquvchi xotin-qizlar xonadonlariga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida pillachilik bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlarning ish jarayonlari, mehnat faoliyati hamda mavjud muammolari o‘rganildi.
Suhbatlar jarayonida sohadagi mavjud imkoniyatlar, samarali ish tashkil etish va daromadni oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xotin-qizlarga zarur tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati


