📊 SO‘X TUMANIDA 2026-YIL UCHUN 5 TA “DRAYVER” LOYIHA BO‘YICHA TAKLIFLAR ISHLAB CHIQILDI
2026-05-06 08:45:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida iqtisodiy o‘sish nuqtalarini shakllantirish, aholi bandligini ta’minlash va hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 2026-yil uchun 5 ta muhim “drayver” loyiha takliflari ishlab chiqildi.
Mazkur loyihalar asosan Rovon, Demursad, Qal’a, Mulon va Navobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini qamrab oladi.
📌 LOYIHALARNING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI:
🔹 Loyihalar soni — 5 ta
🔹 Yaratiladigan yangi ish o‘rinlari — 440 ta
🔹 Budjetdan talab etiladigan mablag‘ — 16,1 mlrd so‘m
🔹 Tashabbuskor mablag‘i — 261 mlrd so‘m
🔹 Bank krediti — 45 mlrd so‘m
🔹 Xorijiy investitsiya — 3 mln dollar
🔹 O‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan jami investitsiya — 343,2 mlrd so‘m
📍 Loyihalar doirasida:
- avtomobil yo‘llari va piyodalar yo‘laklari qurish;
- ichki yo‘llarni ta’mirlash;
- tashqi yoritish tizimlarini o‘rnatish;
- ichimlik va oqova suv tarmoqlarini yaxshilash;
- turistik va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish;
- baliqchilik, dam olish va ekoturizm yo‘nalishlarida yangi obyektlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, ushbu loyihalarning amalga oshirilishi tuman iqtisodiyotida yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirish, aholi daromadlarini oshirish va hududlarning investitsion jozibadorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
