📌 QURTCHILIK SOHASIDAGI OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
2026-05-02 10:55:00 / Yangiliklar

So‘x tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Madinaxon Safarova tomonidan Tul, Qal’acha va G‘aznov mahallalarida istiqomat qiluvchi qurt boquvchi oilalar xonadonlariga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida qurt boquvchilarning yashash sharoitlari, mehnat jarayonlari hamda sohadagi mavjud masalalar o‘rganildi. Jumladan, Shukrixon Yo‘ldosheva, Surayoxon Komilova, Kaminaxon Ulmasova hamda Ijobatxon Kamoliddinova bilan muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyati, erishgan natijalari va kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatlar jarayonida qurtchilikni yanada rivojlantirish, oilalar daromadini oshirish, ish samaradorligini ko‘tarish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati




