🚨 Tezkor xabar
2026-04-30 09:45:00 / Yangiliklar

Kuchli yog‘ingarchilik natijasida ayni damda Xushyor mahallasida joylashgan sel yo‘liga sel kelgani haqida mahalla raisi Abdulaziz Abdujabborov ma’lum qildi.
Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror, tegishli xizmatlar tomonidan nazorat ishlari olib borilmoqda.
Aholidan ehtiyot choralariga amal qilish, zarurat bo‘lmaganda sel yo‘nalishlariga yaqinlashmaslik so‘raladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

