📌 Seminar orqali muhim farmon mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda
2026-04-30 09:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda uning ijrosini ta’minlash maqsadida videokonferensaloqa orqali seminar tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbir Hisob palatasi hamda Moliya vazirligi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Seminarda Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan davlat auditi tizimini takomillashtirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash va nazorat mexanizmlarini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, videoselektor yig‘ilishida So‘x tumanidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligida tegishli korxona va tashkilotlar, davlat muassasalarining sohaga daxldor vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilarga yangi tartiblar, amaliy mexanizmlar va ularni joylarda samarali joriy etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati









