🔷 LOYIHA: SO‘XDA YUQORI HOSILDOR KARTOSHKA YETISHTIRISH
2026-04-30 08:50:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida qishloq xo‘jaligini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirishga qaratilgan yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Unga ko‘ra, “Ozod” va “So‘x” shirkat xo‘jaliklari tomonidan 100 gektar yer maydonida Gollandiyaning yuqori hosildor “Arizona” navli kartoshka urug‘i yetishtirilmoqda.
🔹 Ekiladigan maydon — 100 gektar
🔹 Talab etiladigan urug‘lik — 300 tonna
🔹 1 gektardan kutilgan hosil — 35 tonna
Ayni paytda yer maydonlarida agrotexnik ishlar to‘liq amalga oshirilib, ekinlar parvarishi zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilmoqda.
Loyiha to‘liq quvvatda ishga tushgach:
✔️ Yillik 3–3,5 ming tonna kartoshka yetishtiriladi
✔️ Ichki bozorni sifatli mahsulot bilan ta’minlash imkoniyati kengayadi
✔️ Qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishiladi
✔️ Yillik 10 milliard so‘mgacha daromad olish kutilmoqda
Bu kabi loyihalar So‘x tumanida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish va aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
